- Toshkentdan gapiramiz
- 31.01.2026, 10:40
Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yangihayot tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.
Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 4¹-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yangihayot tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:
Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat
09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;
Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov
ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz
elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li
bilan.
Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 30-yanvar kunidan
13-fevral kuniga qadar qatnashishi mumkin.

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yic...

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar ...
📍 Qoraqamish 1/3 hududida 2,4 km uzunlikdagi eko-sayilgoh, 12,4 km piyodalar yo‘lagi va 10,6 ming kv. metrdan ortiq yas...