
1938-yilda sovet meʼmori A. I. Pavlov loyihasi boʻyicha konstruktivizm va sotsialistik realizm uslubida qurilgan. «Stalincha» meʼmorchilik anʼanalarida bino vazalar va bezaklar bilan bezatilgan, kirish oldida haykallar turgan.
Binoda kinoteatr, konsert zali,
Oʻzbekiston temir yoʻlchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi
Markaziy kutubxonasi, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» kompaniyasi Yoʻl
ilmiy-texnika kutubxonasi va Oʻzbekiston temir yoʻl tarixi muzeyi joylashgan.
1979–1980-yillarda madaniyat uyi meʼmor V.
I. Piskaryov rahbarligida keng koʻlamli rekonstruksiya oʻtkazilgan.
Bino atrofida kichik park barpo etilgan,
soʻnggi yillarda uning bir qismi turli qurilishlar bilan band boʻlgan.
85 yildan ortiq vaqt
davomida chiroyli bino konsertlar uchun foydalanilmoqda, unda turli mavzudagi
toʻgaraklar ishlaydi.

Markaziy univermag, yoki TSUM, uzoq vaqtdan beri taksichilar va toshkentliklar uchun asosiy yoʻnal...

Toshkentning eng go'zal binolaridan biri — 23 qavatli "Chorsu" mehmonxonasi, 1982-yilda qurilgan va...

1990-yillar oxirida Mustaqillik prospektida (Pushkin) joylashgan konservatoriya uchun yangi bino ...
Toshkent avtomobil yo‘llari instituti 1972 yilda Toshkent politexnika institutining avtomobil-yo‘l...