- Toshkentdan gapiramiz
- 17.07.2026, 11:46
“Xislat” mahallasida aholi uchun qulay, xavfsiz va obod muhit yaratish maqsadida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
🌿 Mahallada 2 200 metr sug‘orish tizimi o‘rnatilib, 1 ta quduq qazildi va ishga tushirildi. 4 600 kv. metr yashil hudud barpo etilib, 500 tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi.
🏢 Shuningdek, 22 ta ko‘p qavatli uyning fasadi, 3 000 kv.metr tom qismi va 3 ta uy kirish qismidagi soyabonlar ta’mirlandi. 8 ta uy oldida otmostka ishlari bajarilib, uylar atrofining yana 1 100 kv.metr qismi obodonlashtirildi.
🛣6 000 kv.metr ichki yo‘l va 4 200 kv.metr piyodalar yo‘lagi ta’mirlandi. 600 metr irrigatsiya tarmog‘i yangilandi, 1 800 metr bordyur, 450 metr temir panjara hamda 13 ta tungi yoritish chirog‘i o‘rnatildi.
⚽️ Aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun 1 ta mini-futbol maydoni, 2 ta universal sport maydonchasi, 4 ta bolalar maydonchasi, 1 ta xiyobon, 1 ta amfiteatr, 1 ta “Nuroniylar maskani” va 8 ta dam olish ayvonchasi barpo etildi.
🚴 Bundan tashqari, 600 metr velosiped yo‘lagi va mahalla hududiga kirish qismida 1 ta arka qurildi.

⚡️ Bugun Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik A.A. Baxramov tomonidan tumandagi “Birlik” mahallasiga tashrif a...

Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning qator kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shaha...

🧑💻Uchrashuvda ikki poytaxtning shahar boshqaruvi, urbanizatsiya jarayonlari, infratuzilmani rivojlantirish va investi...

📈2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 90,7 trillion so‘mni tashkil et...