- Toshkentdan gapiramiz
- 28.07.2026, 10:35
Toshkent shahar hokimligida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning qator kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidjon Muminov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
⛽️ Uchrashuv davomida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada rivojlantirish, uy-joy kommunal xizmatlari sifatini oshirish, turar joy fondidan samarali foydalanish, binolarning energiya samaradorligini kuchaytirish hamda aholi uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤩 Shuningdek, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📈Yaponiya tomoni ushbu yo‘nalishda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida ma’lumot berib, tajriba almashish va professional hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
🔺Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda muloqotni davom ettirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish hamda hamkorlikni izchil rivojlantirish yuzasidan kelishib oldilar.

⚡️ Bugun Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik A.A. Baxramov tomonidan tumandagi “Birlik” mahallasiga tashrif a...

🧑💻Uchrashuvda ikki poytaxtning shahar boshqaruvi, urbanizatsiya jarayonlari, infratuzilmani rivojlantirish va investi...

📈2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 90,7 trillion so‘mni tashkil et...

📊 24-iyul holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 44 718 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomida po...